Gway Studio — kichik jamoa, katta natijalar
Gway Studio — raqamli yechimlar studiyasi

Baxtiyarov Jaxongir
Asoschi va bosh dasturchi
Studiya haqida
Gway Studio 2021-yilda oddiy maqsad bilan tashkil etilgan: O'zbekistondagi kichik va o'rta biznes uchun katta kompaniyalar darajasidagi raqamli yechimlarni arzon va tez yetkazib berish.
Bugungi kunga qadar savdo, ta'lim, tibbiyot, ko'chmas mulk va xizmat ko'rsatish sohalarida 120 dan ortiq loyiha ishga tushirildi: korporativ saytlar, onlayn do'konlar, Telegram botlar, CRM va ichki hisobot tizimlari.
Biz shunchaki kod yozmaymiz — biznes jarayonini o'rganamiz, uni avtomatlashtiramiz va natijani raqamlarda ko'rsatamiz.
“Har bir biznesga alohida yondashamiz: sizga chiroyli sayt emas, mijoz olib keladigan va vaqtingizni tejaydigan tizim kerak.”
- 120+
- Ishga tushirilgan loyiha
- 60+
- Telegram bot
- 3 kun
- O'rtacha ishga tushirish
- 24/7
- Texnik qo'llab-quvvatlash
Texnologiyalar
Ishimizni nimaga asoslaymiz
Natija birinchi o'rinda
Loyiha qanchalik chiroyli bo'lmasin, agar ariza va buyurtma keltirmasa — u ishlamayapti degani.
Tezlik — raqobat ustunligi
Bozor kutmaydi. Shuning uchun tayyor bazamiz va shablonlarimiz orqali tez ishga tushiramiz.
Ochiq muloqot
Menejer orqali emas, bevosita dasturchi bilan gaplashasiz. Har bosqichda natijani ko'rasiz.
G'oyadan ishga tushirishgacha — 6 bosqich
Har bosqichda natijani ko'rasiz. Hech narsa 'yopiq eshik ortida' bo'lmaydi.
Bepul konsultatsiya
Biznesingizni, mijozlaringizni va maqsadingizni o'rganamiz. Qanday yechim kerakligini ochiq aytamiz — kerak bo'lmasa, sotmaymiz.
Taklif va shartnoma
Aniq narx, muddat va ish hajmi yozma taklifda beriladi. Shartnoma imzolanadi, oldindan to'lov 50%.
Dizayn va maket
Figma'da maket tayyorlanadi. Siz ko'rasiz, fikr bildirasiz — tasdiqlangandan keyin dasturlash boshlanadi.
Dasturlash va test
Sayt, bot yoki tizim yoziladi. Har bosqichda natijani ko'rsatamiz, testdan o'tkazamiz.
Ishga tushirish
Domen, hosting va SSL ulanadi. Sizni admin panelda ishlashga o'rgatamiz, video qo'llanma beramiz.
Qo'llab-quvvatlash
Kafolat davrida barcha nosozliklar bepul tuzatiladi. Keyin oylik xizmat shartnomasi bo'yicha kuzatamiz.
Loyihangizni bugun muhokama qilaylik
30 daqiqalik suhbatda biznesingizga qanday yechim mos kelishini, taxminiy narx va muddatni aniq aytamiz. Majburiyatsiz va bepul.