Savol-javob

Tez-tez so'raladigan savollar

Gway.uz'dan qanday foydalanish haqida to'liq yo'riqnoma. Kerakli savolni pastdagi ro'yxatdan toping yoki to'g'ridan-to'g'ri qidiring.

Boshlash

Gway.uz nima va u qanday ishlaydi?+

Gway.uz — bu Google Form'ingizni Telegram botga ulab beruvchi platforma. Siz botga savol-javob formaligini bog'laysiz, foydalanuvchi Telegram'da botga /start bersa, bot unga savollarni ketma-ket yuboradi. Har bir javob Google Sheets jadvalga avtomatik yoziladi.

Qanday ro'yxatdan o'taman?+

Bosh sahifadagi 'Bepul boshlash' tugmasini bosing va Google akkauntingiz bilan kiring. Hech qanday parol kiritish yoki karta tasdiqlash shart emas.

Birinchi botni qanday ulayman?+

1) Telegram'da @BotFather orqali yangi bot yarating va API tokenni oling. 2) Dashboard'da 'Yangi bot ulash' tugmasini bosing. 3) Tokenni joylang va ro'yxatdan kerakli Google Form'ni tanlang. Tamom — bot darhol ishlay boshlaydi.

Telegram bot tokenni qayerdan olaman?+

Telegram'da @BotFather chatiga kiring, /newbot buyrug'ini yuboring, bot nomi va foydalanuvchi nomini tanlang. BotFather sizga HTTP API tokenini beradi — shu tokenni Gway.uz'ga joylashtiring.

Kod bilmasam foydalana olamanmi?+

Ha, albatta. Gway.uz aynan kod yoza olmaydigan foydalanuvchilar uchun ishlab chiqilgan. Hech qanday dasturlash bilimi talab qilinmaydi.

Google Forms bilan ishlash

Qaysi Google Forms savol turlari qo'llab-quvvatlanadi?+

Barchasi: qisqa javob, uzun matn (paragraf), bitta tanlov (radio), ko'p tanlov (checkbox), dropdown, shkala (1–10), sana, vaqt va fayl yuklash. Test rejimi uchun ball va to'g'ri javoblar ham avtomatik o'qiladi.

Mavjud Google Form'larim ishlaydimi?+

Ha. Google akkauntga ruxsat bergandan keyin, barcha formalaringiz ro'yxati chiqadi — xohlaganini tanlang.

Google Forms'da savollarni o'zgartirsam nima bo'ladi?+

Bot detal sahifasidagi 'Formani yangilash' tugmasini bosing — savollar avtomatik sinxronlanadi. Qayta ulash kerak emas va bot ishini to'xtatmaydi.

Test (Quiz) rejimi qanday ishlaydi?+

Google Forms'da formani Quiz sifatida sozlasangiz, Gway.uz buni avtomatik aniqlaydi. Har bir savoldan keyin foydalanuvchiga javob to'g'ri yoki noto'g'riligi ko'rsatiladi, oxirida esa umumiy ball chiqadi.

Fayl yuklash savollari qanday ishlaydi?+

Foydalanuvchi Telegram'ga fayl yuboradi va u saqlanadi. Keyin dashboard'da yoki Sheets'da fayl linki ko'rinadi.

Bot va javoblar

Bir akkauntda nechta bot ula olaman?+

Bepul tarifda 1 ta bot. Professional tarifda 10 ta botgacha. Biznes tarifda 100 ta botgacha va cheksiz imkoniyatlar.

Botni vaqtincha to'xtatish mumkinmi?+

Ha. Dashboard'da 'So'rovni to'xtatish' tugmasini bosing — bot javob bermay turadi, lekin o'chmaydi. Xohlagan vaqt qayta yoqishingiz mumkin.

Javoblarni qayerdan ko'ra olaman?+

Ikki joydan: 1) Dashboard'dagi bot sahifasida jadvalda, 2) Google Sheets jadvalida. Excel formatiga eksport qilish Professional va undan yuqori tariflarda mavjud.

Admin bilan real-vaqtda chat nima?+

Bu Professional tarifdagi imkoniyat bo'lib, foydalanuvchilar botga yozganida siz platforma orqali ularga darhol javob qaytara olasiz. Bu mijozlarni qo'llab-quvvatlash uchun juda qulay.

Xavfsizlik va ma'lumotlar

Mening ma'lumotlarim xavfsizmi?+

Ha. Bot tokenlari AES-256-CBC algoritmi bilan shifrlanadi. Google tokenlari faqat zarur bo'lganda yangilanadi va sessiyalar JWT orqali boshqariladi.

Gway.uz mening Google Forms javoblarimni saqlaydimi?+

Biz faqat bot orqali kelgan javoblarni vaqtinchalik saqlaymiz (dashboard ko'rsatish uchun). Asosiy ma'lumotlar Google Sheets'ingizda qoladi va sizning nazoratingizda.

Google akkauntimga qanday ruxsat beraman?+

Gway.uz faqat 4 ta ruxsat so'raydi: 1) Drive'dagi formalar ro'yxati, 2) Forma savollari (faqat o'qish), 3) Forma javoblari (faqat o'qish), 4) Sheets'ga yozish. Ruxsatni istalgan vaqt myaccount.google.com orqali olib tashlashingiz mumkin.

Tariflar va to'lovlar

Bepul tarif haqiqatan bepulmi?+

Ha, 100% bepul — karta talab qilinmaydi, vaqt cheklovi yo'q. 1 ta bot va 1 ta forma ulash imkoniyati mavjud.

Professional tarif qanchaga tushadi?+

Oyiga 15 000 so'm. 10 ta botgacha, real-vaqtda chat, Excel eksport va prioritet qo'llab-quvvatlash kiradi.

Gway.uz bilan tarifi nima?+

Bu bizning investorlarimiz va strategik hamkorlarimiz uchun maxsus tarif. Unda barcha limitlar olib tashlangan. Ushbu tarifga o'tish uchun admin bilan bog'lanish lozim.

Qanday to'lov qila olaman?+

Click, Payme va bank karta orqali. Shuningdek, Telegram Admin orqali hisobni to'ldirish va tarifni faollashtirish mumkin.

Javob topolmadingizmi?

Telegram qo'llab-quvvatlash guruhiga qo'shiling — jamoa va mutaxassislar darhol yordam beradi.

Telegram qo'llab-quvvatlash

Hoziroq sinab ko'ring

Yozishdan ko'ra amalda ko'rish oson. Bepul tarifda birinchi botingizni bir necha daqiqada ulang.

Bepul boshlash